You signed in with another tab or window. Reload to refresh your session.You signed out in another tab or window. Reload to refresh your session.You switched accounts on another tab or window. Reload to refresh your session.Dismiss alert
Bitta butun son N ni o'qing va quyidagicha chop eting
Agar N < 0 bo'lsa ⇒ ichkarida o'yna deb chop eting.
Agar 0 ≤ N < 40 bo'lsa ⇒ tashqarida o'yna deb chop eting.
Agar N ≥ 40 bo'lsa ⇒ ichkarida o'yna deb chop eting.
Input
Bitta butun son N .
Output
Kiritilgan sonning qiymatiga qarab ichkarida o'yna yoki tashqarida o'yna matnlaridan biri.
Namuna 1
Input
Output
-1
ichakarida o'yna
Namuna 2
Input
Output
0
tashqarida o'yna
Namuna 3
Input
Output
40
ichkarida o'yna
Masala 2
Description
Ikkita butun sonlar N va Mlarni o'qing. Agar ulardan biri boshqasining kvadratiga teng bo'lsa namunadagidek chop eting. Aks holda, none deb chop eting.
Input
Ikkita butun N va M sonlar.
Output
Namunadagidek tenglama yoki none so'zi.
Namuna 1
Input
Output
4 2
2*2=4
Namuna 3
Input
Output
3 9
3*3=9
Namuna 3
Input
Output
3 4
none
Masala 3
Description
Ikkita butun son o'qing va kattasini chop eting.
Input
2 ta butun sonlar.
Output
Kiritilgan sonlarning kattarog'i.
Namuna 1
Input
Output
2 3
3
Namuna 2
Input
Output
-5 -9
-5
Namuna 3
Input
Output
1 1
1
Masala 4
Description
Uchta butun sonlar o'qing. Kiritilgan sonlarning eng kattasini va eng kichigini chop eting.
Maksimum va minimum qiymatlarning orasida space bo'lishi, minimum qiymatdan keyin esa bo'lmasligi kerak.
Input
3 ta butun sonlar.
Output
Kiritilgan sonlarning eng kattasi va eng kichigini orasida space bilan chop eting.
Namuna 1
Input
Output
2 3 4
4 2
Namuna 2
Input
Output
3 2 1
3 1
Masala 5
Description
Bitta musbat son o'qing va songa qarab alifbo harflarini quyidagicha chop eting:
2, 3, va 5 larning har biriga bo'linsa ⇒ A
Faqat 2 va 3 larga bo'linsa ⇒ B
Faqat 2 va 5 larga bo'linsa ⇒ C
Faqat 3 va 5 larga bo'linsa ⇒ D
2, 3, va 5 larning faqat bittasiga bo'linsa ⇒ E
2, 3, va 5 larning hech biriga bo'linmasa ⇒ N
Input
Bitta butun musbat son N .
Output
Bo'linish-bo'linmasligiga ko'ra chop etlishi so'ralgan tegishli alifbo harfi (yuqoridagi jadval bo'yicha).
Namuna 1
Input
Output
30
A
Namuna 2
Input
Output
6
B
Namuna 3
Input
Output
7
N
Masala 6
Description
Yilni anglatuvchi bitta butun musbat son Nni o'qing va kabisa yili yoki oddiy yil ekanligini aniqlaydigan dastur tuzing.
Kiritilgan yil kabisa yili bo'ladi, agar:
4 ga bo'linsa va 100 ga bo'linmasa;
4 va 400 ga bo'linsa (garchi 100 ga bo'linsa ham).
Kiritilgan yil kabisa yili bo'lmaydi, agar:
4 ga bo'linmasa;
4 va 100 ga bo'linsa, lekin, 400 ga bo'linmasa.
Input
Yilni anglatuvchi bitta butun musbat son N (1 ≤ N ≤ 4000).
Output
Agar kiritilgan yil kabisa yili bo'lsa leap year deb, aks holda normal year deb chop eting.
graph LR;
A[son] --> B{4ga bo'linadimi?}:::blue
B -- Yo'q -->C{{Oddiy yil}}:::red
B -- Ha --> D{100ga bo'linadimi?}:::blue
D -- Yo'q --> E{{Kabisa yili}}:::green
D -- Ha --> F{400ga bo'linadimi?}:::blue
F -- Ha --> G{{Kabisa yili}}:::green
F -- Yo'q --> H{{Oddiy yil}}:::red
classDef red fill:#f33
classDef green fill:#5a5
classDef blue fill:#337
Loading
Namuna 1
Input
Output
4
leap year
Namuna 2
Input
Output
1900
normal year
Namuna 3
Input
Output
2016
leap year
Masala 7
Sonni Tahmin qil o'yini
Description
1-qatorda bitta butun son N .
2-qatordan boshlab tahmin qilish boshlanadi(faraz qiling siz to'g'ri javobni bilmaysiz).
To'g'ri javobni topishga ko'pi bilan 2 ta imkoniyat beriladi.
2-qatorda tahminni bildiruvchi M soni kiritiladi. Agar M soni N ga teng bo'lsa Correct deb chop etilsin.
Agar M soni Ndan kichik bo'lsa UP deb chop etilsin.
Agar M soni Ndan katta bo'lsa DOWN deb chop etilsin.
Agar birinchi urinishdan so'ng to'g'ri javob topilmasa M ni yana o'qilsin va yuqorida ta'kidlangan shartlarga ko'ra Correct, UP, yoki DOWN lardan birini chop etilsin va o'yin tugatilsin.
Input
O'yin javobi sifatida bitta butun son N.
Birinchi tahmin sifatida M butun soni.
Agar M soni Nga teng bo'lmasa M soni yana qayta o'qiladi.
Output
Birinchi tahmin to'g'ri bo'lsa Correct deb chop eting va o'yinni tugating.
Birinchi taxmin javobdan kichik bo'lsa UP deb, aks holda DOWN deb chop eting.
Agar bitta urinishda javob topilmasa birinchi va ikkinchi qadamlarni yana bir marta takrorlang va o'yinni tugating.
Namuna 1
Input
Output
5 4 5
UP Correct
Namuna 2
Input
Output
5 4 7
UP DOWN
Namuna 3
Input
Output
5 5
Correct
Masala 8
Description
char turdagi bitta belgi cni o'qing.
Agar katta harf bo'lsa kichik harfga, kichik harf bo'lsa katta harfga aylantirib chop eting.
Agar alifbo harfi bo'lmasa none deb chop eting.
Input
Bitta belgi c.
Output
Belgi katta harf bo'lsa, kichigini chop eting.
Belgi kichik harf bo'lsa, kattasini chop eting.
Belgi harf bo'lmasa, none deb chop eting.
Namuna 1
Input
Output
A
a
Namuna 2
Input
Output
t
T
Namuna 3
Input
Output
#
none
Masala 9
Description
To'g'ri javobni anglatuvchi 3 ta butun sonlarni o'qing. Har bir son 0~9 oraliqda bo'lsin.
Tahminni anglatuvchi 3 ta butun 0~9 oraliqdagi sonlarni o'qing.
Nechta strike, nechta ball borligini namunadagidek chop eting.
strike - son bir xil ustunda taxmin qilib topilsa;
ball - son boshqa ustunda taxmin qilib topilsa.
Input
1 - qatorda o'yin javobi uchun uchta sonlar: $0 \leq javob \leq 9$
2- qatorda taxminlar uchun uchta sonlar: $0 \leq taxmin \leq 9$
Output
strike va balllar sonini xSyB ko'rinishida chop eting. (x o'rnida strikelar soni, y o'rnida balllar soni).
Namuna 1
Input
Output
5 2 3 5 3 4
1S1B
Namuna 2
Input
Output
5 2 3 5 2 3
3S0B
Namuna 3
Input
Output
5 2 3 2 3 5
0S3B
Namuna 4
Input
Output
1 1 1 1 0 0
1S0B
Namuna 5
Input
Output
0 0 1 1 1 1
1S2B
Masala 10
Description
Bitta operator va ikkita butun musbat sondan iborat ifodani bitta qatorda o'qing va shu ifodaning natijasini chop eting.
butun son, operator, butun son ketma-ketligida, orasida space bilan ajratilgan holda kiritiladi.
Faqat + yoki - operatorlari ishlatilsin, boshqa hech qanday operatorlarni ishlatish mumkin emas!
Input
son1 +/- son2 ko'rinishidagi ifoda.
Output
Kiritilgan ifodaning javobini chop eting.
Namuna 3
Input
Output
7 + 12
19
Namuna 3
Input
Output
7 - 2
5
Masala 11
Vending machine
Description
Ikkita butun musbat sonlar N va Mlarni o'qing. N tanlangan ichimlik raqamini bildiradi:
Americano = 500;
Caffe Latte = 400;
Lemon Tea = 300;
M tanlangan ichimlik uchun kiritilgan summani anglatadi. (M 100 ga karrali bo'ladi, deb faraz qilinsin). Vending machine faqat 500 va 100 so'mlik kupyuralarni qaytara oladi, xolos. Tanlangan ichimlik nomi, va shu ichimlik uchun berilgan qaytim pullarning sonini chop etadigan dastur tuzing.
Input
Birinchi qatorda ichimlik raqamini anglatuvchi bitta N soni: $1 \leq N \leq 3$
Ikkinchi qatorda shu tanlangan ichimlik uchun kiritilgan pul summasi.
Output
Birinchi qatorda tanlangan ichimlik nomi.
Ikkinchi qatorda, avval 500 so'mlikdan nechta pul qaytarilishi, keyin 100 so'mlik puldan nechta qaytarishini ifodalovchi ikkita sonni orasida space bilan chop eting.
Namuna 1
Input
Output
3 1000
Lemon Tea 1 2
Namuna 2
Input
Output
1 1000
Americano 1 0
Namuna 3
Input
Output
2 1000
Caffe Latte 1 1
Masala 12
Description
Bitta butun son kiriting va shu sonning juft yoki toq ekanini aniqlang.
Input
Bitta butun son N.
Output
agar kiritilgan son juft bo'lsa even deb chop eting
agar kiritilgan son toq bo'lsa odd deb chop eting
Namuna 1
Input
Output
1
odd
Namuna 2
Input
Output
10
even
Masala 13
Description
2 ta son o'qing. Agar ikkala sonning yig'indisi 100 dan katta bo'lsa, true deb chop eting. Aks holda false deb chop eting.
Namuna 1
Input
Output
1 100
true
Namuna 2
Input
Output
99 1
false
Namuna 3
Input
Output
25 78
true
Masala 14
Description
3 ta son o'qing. Agar shu sonlar Pifagor sonlari bo'lsa, true deb chop eting. Aks holda false deb chop eting.
Pifagor sonlari deb 2 ta sonning kvadratlari yig'indisi 3-son kvadratiga teng bo'lgan sonlarga aytiladi.
a, b va c Pifagor sonlari bo'lish uchun ular quyidagi shartlardan birini qoniqtirishi kerak:
$a^2 + b^2 = c^2$
$a^2 + c^2 = b^2$
$b^2 + c^2 = a^2$
Namuna 1
Input
Output
3 4 5
true
Namuna 2
Input
Output
5 4 3
true
Namuna 3
Input
Output
4 5 6
false
Masala 15
Description
Bitta belgi (char) o'qing. Agar u belgi arifmetik operator bo'lsa true deb chop eting. Aks holda false deb chop eting.
Bitta son o'qing. Agar u son 0 va 9 oraliqda bo'lsa, o'sha sonni o'zbekcha chop eting. Aks holda boshqa deb chop eting.
so'zlar kichik harflarda chop etilsin.
✅ switch()kontroli orqali ishlansin!
Namuna 1
Input
Output
1
bir
Namuna 2
Input
Output
8
sakkiz
Namuna 3
Input
Output
10
boshqa
Masala 17
Description
Wahid amaki har kuni budilnik ovoziga uyg'onadilar. Budilnik ovozini eshitgach yana-biroz, yana-biroz 😴 deb doim budilnik ovozidan keyin ham bir qancha vaqtdan keyin o'rinlaridan turadilar. Shuning uchun Wahid amaki doim vaqtida o'rindan turish uchun yangi yechim topdilar. Endi budilnikni turishlari kerak bo'lgan vaqtdan 45 minut avvalroqqa to'g'rilab qo'yadigan bo'ldilar.
Wahid amakining turishi kerak bo'lgan vaqti ko'rsatilsa, ular budilnikni nechaga to'g'rilashlari kerakligini aniqlaydigan dastur tuzing.
Kun 00:00 dan boshlanadi va 23:59 da yakunlanadi.
Input
Wahid amakining turishi kerak bo'lgan vaqtini anglatuvchi ikki butun sonlar S va M:
$$0 \leq S \leq 23$$$$0 \leq M \leq 59$$
Output
Budilnik to'g'rilanishi kerak bo'lgan vaqtning soat va minutini bir qatorda, orasida spacelarsiz, ortiqcha nollarsiz chop eting.
Namuna 1
Input
Output
10 10
9 25
Namuna 2
Input
Output
0 30
23 45
Masala 18
Description
Imtihon natijasini anglatuvchi bitta butun musbat son Nni o'qing.
Agar N soni
90 dan katta yoki teng bo'lsa ⇒ A
80 dan katta yoki teng bo'lsa ⇒ B
70 dan katta yoki teng bo'lsa ⇒ C
60 dan katta yoki teng bo'lsa ⇒ D
60 dan kichik bo'lsa F deb chop eting.
Input
Bitta butun musbat son N: $1 \leq N \leq 100$
Output
Jadvaldagi kiritilgan songa mos harf chop eting.
Namuna 1
Input
Output
100
A
Namuna 2
Input
Output
79
C
Namuna 3
Input
Output
57
F
Masala 19
Yandex Taxi 🚕
Description
Yandex taxi Toshkent shahrida ancha-muncha ommalashib ketdi. Lekin, oddiy bir muammoni hali ham hal qilinmagani mijozlar va haydovchilar o'rtasida tez-tez tushunmovchilik va noroziliklarga sabab bo'lmoqda. Toshkent shahri bo'ylab taksi narxlari shunday belgilanadiki, agar mijozlar 1000ga karrali summa berishsa haydovchilarda qoldiq summani, ya'ni, 1000 so'mdan kam qaytimni berishda muammo yuzaga keladi. Ko'p hollarda haydovchilar qaytim haqida o'ylab ham o'tirmay jimgina ketib qolishadi. Bu o'z navbatida mijozlar o'rtasida noroziliklar tug'diradi.
✅ Taksi narxini 1000 so'mdan kam laxtak qismini yaxlitlaydigan dastur tuzing. Bu dastur mijozlar va haydovchilar orasidagi tushunmovchilikka barham beradi va oradagi ishonchni qayta tiklaydi.
Input
Taksi yo'l haqini ifodalovchi bitta butun musbat son N: $3000 \leq N \leq 1000000$.
Output
Berilgan sonni minglar xonasigacha yaxlitlab chop eting.
Namuna 1
Input
Output
35800
36000
Namuna 2
Input
Output
29300
29000
Namuna 3
Input
Output
99999
100000
Masala 20
Description
Bitta belgi o'qib, shu belgini alifbo harfi, yoki boshqa belgi ekanligini aniqlaydigan dastur tuzing.
Input
ASCII jadvalida mavjud bitta belgi.
Output
Agar kiritilgan belgi alifbo harfi bo'lsa 1 ni, aks holda 0 ni chop eting.
Namuna 1
Input
Output
K
1
Namuna 2
Input
Output
t
1
Namuna 3
Input
Output
#
0
Namuna 4
Input
Output
0
0
Masala 21
Description
Masala sonini anglatuvchi n butun sonini o'qing: $1 \leq n \leq 20$
yuqoridagi songa mos keluvchi masalani ishga tushiring
Input
birinchi qatorda masala soni;
ikkinchi qatordan boshlab o'sha songa mos keladiga masalaga kerak bo'ladigan inputlar kiritilsin.
agar kiritilgan sonli masala mavjud bo'lmasa, ERROR deb chop eting.
Output
tanlangan raqamdagi masalani shartida nimalarni chop etish kerak bo'lsa, o'shalarni chop eting va dasturni yakunlang.
✅switch() operatoridan foydalanilsin;
oldin yozilgan funksiyalarni o'z o'rnida chaqirib olish kerak: main_1();, main_1();, ... .