Skip to content

Latest commit

 

History

History
28 lines (15 loc) · 3.14 KB

README.md

File metadata and controls

28 lines (15 loc) · 3.14 KB
description
Microsoft .NET platformasi bo'yicha O'zbekistonda ilk dokumentatsiya

.NET Uzbekistan

Nega tafakkur qilmaymiz?

Assalomu aleykum qadrli dasturchilar! Bilaszmi men o'z tajribam davomida shuni o'rgandimki, tafakkur degan tushunchaning o'rni dasturlashda ham juda katta ekan. Bu narsaning dasturchiga kerakli ekanini isbotlarini ham keltirishim mumkin. "Dasturlashda tafakkur" jumlasini nega ishlatdim? Bu o'z ichiga nimalarni oladi?

Ko'p dasturchilarni bilaman) Dasturlashdan boshqa narsani bilmedi!!! (Shunaqasi ham bo'larkanmi? :) Qisqa qilaman... Kompyuter strukturasini o'rganib chiqing. Chuqur emas, shunchaki tuzilishini o'rganishni maslahat beraman. Sababi Ma'lumotlar qanday borib keladi? Protsessor qanday ishlaydi? Ushbu dasturni ishga tushishi uchun mening kompyuterim talablari qanday? Pixelli va Vectorli grafika....?

Hullas, gapni indallosi - Shu savollarga javob bera oladigan bo'lsangiz, sizdan juda zo'r dasturchi chiqishini 90% kafolatlayman (Boshqa talablar ham bor, erkalanib ketmang...). Ushbu jarayonga tashxis qo'yish uchun qisqa ertak aytib beraman.

{% hint style="info" %} Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bitta chala dasturchi bor ekan. O'zicha juda kuchli emishda endi...:). Kunlarning birida u Java va .NET (C#) ni solishtirish niyatida, ikkalasida ham bir xil natija beruvchi kod yozmoqchi bo'libdi. Demak, bizning qahramon birinchi bo'lib "IntelliJ IDEA" (Javada ishlash uchun eng zo'r muhit desak bolaveradi) ni ishga tushiribdi. O'sha o'zi xohlagan kichik proyektni tugatibdi... Keyn "Visual Studio" (.NET da ishlovchi eng zor muhit hozirda) ni ishga tushiribdi. Endigi navbat C# ga kelibdida... O'sha proyektni C# da boshlabdi... Qarasa asabi o'ynayapti. Negaki kompyuter qotayotgan edi. Cho'ta kompyuter rosa qiynalyapti, bechara CPU (protsessor) dan chiqayotgan issiqlikka tuxum pishirsa bo'ladi...:) Natijada bizning shef o'z kompyuterini jahl ustida bir urdi... Shunday urdi keyboard (klaviatura) ga, shunday urdi.... bir nechta klavishlar ishlame qoldi.
{% endhint %}

Endi nima qilaman?

Bizning hikoya Abdukarim Mirzayevnikiga o'xshagan zo'r emasda... Lekin hissasi zo'r. Agarda bizning dasturchi kompyuterni RAM i qanday ishlashini bilganida edi. Anavi kompyuterni dardini tushungan bo'lar edi. Sababi, RAM (tezkor xotira) to'lib qolgan. chunki 4GB edi xolos, CPU esa AMD edi. Buni tushunganlar tushunadi qanday og'ir dard ekanligini? Visual Studio va IntelliJ ni ishga tushirganda OZU ni to'ldirgan, bundau ikkita gigant windows dasturlari ishga tushganda, yana nima kutlishi mumkin. O'ylash kerak, to'xta.... Ushbu dasturlar talablari meni kompyuterimni to'gri kelmaydi, tim bo li ikkita katta dastur... Agarda shu narsaga e'tibor berganda, nimadir bo'lishini oldini olgan bo'lar edi.

Bu qolganlar uchun oddiy holdek tuyilishi mumkin. Lekin bu jiddiy muammo. Hammasi bilimsizlikdan kelib chiqadi. Gapni qisqa qilaman, komp qanday ishlashini tushunishingiz kerak do'stlarim. Bu o'sha peshanasida xoli bor Muhammadkarim To'xtaboyev ni gapi.... Xaxaxaaa